Yuliya Vasilevna Risyukova Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori etib tayinlandi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar u markaz direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lib ishlagan, avvalroq esa 2023-yildan buyon direktor o‘rinbosari bo‘lgan.
Prezident administratsiyasi rahbarining ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova markaz yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilish avvalida u Prezident Administratsiyasi rahbarining lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi farmoyishini o‘qib eshittirdi.
Hilola Umarova, shuningdek, markazga vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.