YUNESKO Bosh konferensiyasi tashkilotning yangi bosh direktori etib misrlik Xolid al-Enaniyni sayladi. Bu haqda “Dunyo” yozmoqda.

YUNESKOning 12-bosh direktori bo‘lgan Xolid al-Enani 174 ta byulletendan 172 tasini oldi. U 15 noyabr kuni to‘rt yillik muddatga o‘z lavozimiga kirishadi. U arab mamlakatidan bo‘lgan tashkilotning birinchi rahbari va Afrikaning ikkinchi vakili.

Xolid Ahmad El-Enani Ali Ezz 1971-yilda tug‘ilgan. U taniqli misrshunos va Xeluan universitetining misrshunoslik professori bo‘lib, u yerda 30 yildan ortiq vaqt davomida dars berib kelmoqda.

2014-2016-yillarda Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi, shuningdek, Qohiradagi Misr muzeyini boshqargan. 2016-yildan 2022-yilgacha u Misrning qadimiy yodgorliklar vaziri, keyin esa turizm va qadimiy yodgorliklar vaziri lavozimlarida ishlagan. 2024-yil noyabr oyida Jahon sayyohlik tashkiloti uni madaniy turizm bo‘yicha maxsus elchi etib tayinladi va keyinchalik u Afrika Jahon merosi jamg‘armasining homiysiga aylandi.

Al-Enani bir qator xalqaro ilmiy jamiyatlar a’zosi, arab, fransuz va ingliz tillarini biladi va bir nechta xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan. U bu lavozimda 2017 yildan beri YUNESKOga rahbarlik qilib kelgan Odri Azule o‘rnini egalladi.