Yaqin kunlarda O‘zbekiston hududidan sovuq havo massasining chekinishi davom etadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Bugun kunduz kuni havo 10-12 daraja iliqqacha isiydi, yakshanba kuni esa 14-17 daraja iliqqacha, janubda 18-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Havoning tungi harorati ham ko‘tariladi, hududning katta qismida u musbat bo‘ladi. Tungi va ertalabki kuchsiz sovuqlar asosan respublikaning shimolida va cho‘l zonasida saqlanib turadi.
Toshkent shahrida bugun va dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol kuchsiz. Havo harorati 7 noyabrda 10-12 daraja iliq, 8-9 noyabrda 14-16 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.