O‘zbekiston Ekvador bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov ma’lum qildi.

Kecha Ekvador bilan bozorga chiqish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladik. Ekvador tomoniga konstruktiv muloqot va qo‘llab-quvvatlov uchun samimiy minnatdorlik bildiraman, — dedi u.

Azizbek O‘runovning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishi uchun yana ikkita davlat bilan kelishib olishi kerak.