7-noyabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati kunduzi 7-17 daraja iliq, janubda 17 daraja iliqqacha, shimoliy hududlarda 12 daraja iliqqacha bo‘ladi. Shamol asosan sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda havo harorati kunduzi 2-7° iliq, kechasi 5° sovuqqacha bo‘ladi, 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.