Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi doirasidagi bir qator uchrashuvlarda ayol hakamlar faol ishtirok etmoqda, deb xabar beradi Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Superliganing 28-turida hakam Kristina Sereda “OKMK” — “Navbahor” o‘yinida, hakam Nasibabonu Toshmuhammedova “Nasaf” — “Mash’al” o‘yinida AVAR hakami sifatida ishladi.
2025-yilgi mavsumda ilk bor o‘tkaziladigan “Surxon” — “Sho‘rtan” o‘yinida ayol hakamlar yordamchi hakam sifatida ishlaydi:
- Kristina Sereda va Zilola Rahmatova — yordamchi hakamlar
- Gulshoda Saitqulova — zaxira hakami
- Dildora Rustamova — AVAR hakami.
Assotsiatsiyaning ta’kidlashicha, bu ayol hakamlarning Superligadagi ishtiroki va professional o‘sishi yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.