O‘zbekiston AQSH bilan fuqarolar va biznes vakillari uchun viza tartiblarini soddalashtirish masalasini muhokama qilmoqchi. Bu haqda Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi viza rejimini liberallashtirish uchun zamin yaratadi. Imzolangan bitimlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Jasurbek Choriyev yaqinda O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilganini eslatdi.

Fuqarolarimiz va biznes uchun ham yengillik berish masalasi ko‘rib chiqiladi, — deya qo‘shimcha qildi u.