O‘zbekistonda 2025-yilning oktyabr oyi barcha yillardagi eng quruq va iliq ob-havo kuzatuvlaridan biri bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet sinoptiklari ma’lum qildi.
Respublika hududining katta qismida oktyabr oyida o‘rtacha oylik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 1,5-2,7 darajaga yuqori bo‘ldi. Bunda ham maksimal, ham minimal haroratlar o‘zining ekstremal qiymatlaridan ancha uzoqda bo‘ldi. Qayd etilishicha, kuzning ikkinchi oyi quruq kelgan, hududning katta qismida yog‘ingarchilik me’yordan ancha kam bo‘lgan.
Respublikaning janubi-g‘arbiy va janubiy hududlari — Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir deyarli yog‘madi yoki juda kuchsiz bo‘ldi. Qolgan hududlarda 1-3 kundan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi va oylik miqdori 1-5 mm, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda 7-12 mm ni tashkil etdi.
O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ko‘proq yomg‘ir yog‘di, ularning oylik yog‘ingarchilik miqdori 20 mm dan 35 mm gacha, Toshkent viloyatining baland tog‘li hududlarida 50-100 mm ni tashkil etdi. Oygaing meteostansiyasi hududida oy oxirida bu mavsumda birinchi marta balandligi 10 sm gacha bo‘lgan qor qoplami paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kuzatildi. Janubda va cho‘l zonasida shamolning kuchayishi chang-to‘zon bilan kuzatildi.