Toshkentda ko‘p qavatli uylardagi 37 103 ta liftda nosozlik aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mutaxassislar Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilgan 9 147 ta liftni ko‘zdan kechirdi. Aniqlangan kamchiliklar “Xavfsiz lift” platformasiga kiritildi.

Aholini liftlarning texnik holati to‘g‘risida xabardor qilish uchun kabinalarga quyidagi yorliqlar yopishtiriladi: yashil — soz, ko‘k — qisman nosoz, sariq — nosoz, qizil — foydalanish uchun xavfli

Mazkur texnik reglament 2026-yil 1-iyuldan kuchga kirishini inobatga olib, nosoz liftlardan foydalanish taqiqlanadi, — dedi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi shahar boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Jo‘rayev.

Poytaxt aholisini avariya va baxtsiz hodisalardan himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida texnik ko‘rikdan o‘tmagan 6 844 ta liftga “Lift texnik ko‘rikdan o‘tmadi” degan yozuvli yorliqlar yopishtirilgan.