11-noyabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Farg‘ona vodiysining ba’zi joylariga tuman tushishi mumkin.
Havo harorati kunduzi 12-20°, janubda 20° gacha, shimoli-g‘arbda 17° gacha bo‘ladi. Shamol asosan sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 14-16° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda kunduzi 8-13° iliq, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechasi ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.