Prezident ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksidan yiliga 120 soatlik ish vaqtidan tashqari ishning maksimal davomiyligi to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlandi.

Belgilanishicha, xodimga kunlik ish vaqtidan tashqari ishning dastlabki ikki soati uchun kamida bir yarim baravar, ikki soatdan ortiq ishlaganlik uchun esa kamida ikki baravar miqdorda haq to‘lanadi.