Toshkentda 12-noyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

Muloqot 30 yil avval qabul qilingan Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasining davomi hisoblanadi. Ularda 189 ta davlat xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yo‘nalishlarni belgilab berdi. Oradan 30 yil o‘tib, bu g‘oyalar Toshkentda qayta tiklanmoqda.

O‘zbekiston ayollar huquqlarini himoya qilish va tenglikni ta’minlash bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar buni tasdiqlaydi:

  • 2030-yilga qadar O‘zbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi;
  • minglab xotin-qizlar tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda;
  • oliy ta’lim muassasalarida qizlar uchun kvotalar kengaytirildi;
  • zo‘ravonlikdan huquqiy himoya tizimi mustahkamlandi.

Bo‘lib o‘tayotgan muloqot ayollar o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin bo‘lgan, yangi yechimlar va imkoniyatlar paydo bo‘ladigan muhim maydon vazifasini bajaradi.

Tadbir yakunida qabul qilinadigan Markaziy Osiyo ayollari deklaratsiyasi yaqin yillarda mintaqada gender tenglikka erishish bo‘yicha aniq yo‘l xaritasini belgilab beradi.