13-noyabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Farg‘ona vodiysining ba’zi joylariga tuman tushishi mumkin.

Havo harorati kunduzi 15-22°, janubda 22° gacha, shimoli-g‘arbda 21° gacha bo‘ladi. Shamol asosan sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 17-19° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda kunduzi 10-15° iliq, yog‘ingarchilik kutilmaydi.