Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, barcha kotirovkalar narxi oshgan. 14-noyabr kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:

  • AQSH dollari — 11 985,10 so‘m;
  • Yevro — 13 923,09 so‘m;
  • Rossiya rubli — 148,86 so‘m.

Shuningdek, Markaziy bank 13-noyabr uchun oltin o‘lchov quymalari narxini yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 674 400 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:

  • 5 gramm — 8 372 000 so‘m;
  • 10 gramm — 16 744 000 so‘m;
  • 20 gramm — 32 488 000 so‘m;
  • 50 gramm — 82 720 000 so‘m;
  • 100 gramm — 167 440 000 so‘m.