Samarqand viloyatida ayol 15 sutkaga qamalgan erining aliment qarzini to‘lab berdi. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa Pastdarg‘om tumanida sodir bo‘lgan. Ajralishdan so‘ng er-xotin birgalikda yashashni davom ettirdilar va bolalarni tarbiyaladilar. Shu bilan birga, erkak aliment to‘lamagan. Navbatdagi mojaro ortidan erkak ma’muriy javobgarlikka tortilib, 15 sutkaga qamalgan.

Biroq turmush o‘rtog‘isiz ro‘zg‘or yuritish ayolga qiyin bo‘lib, beshinchi kuni sudga murojaat qilib, qarzlarini o‘zi to‘lagan. Sud avvalgi qarorni bekor qilib, erkakni hibsdan ozod qildi.