13-noyabr kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uzildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 09:00 dan 18:00 gacha Zabardast, Musaffo, Nurliyo‘l, Sohil, Oltintopgan mahallalarida elektr ta’minoti o‘chiriladi.

Iste’molchilar uchastkalarda ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirilib, keltirilgan noqulayliklar uchun ulardan uzr so‘raldi.