2025-yilda so‘nggi 10 yil ichida rekord darajadagi kuchli magnit bo‘ronlari qayd etilishi mumkin. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylari magnit bo‘ronlari va geomagnit buzilishlar soni bo‘yicha o‘n yillikdagi rekordga aylandi. Jami 134 ta holat qayd etilgan. Mavjud tendensiyaga ko‘ra, shundoq ham rekord ko‘rsatkich yana o‘sishi mumkin, — deyiladi xabarda.

13-noyabrga kelib olimlar 61 ta magnit bo‘ronini qayd etishdi, ulardan to‘rttasi G3 (kuchli), ikkitasi G4 (juda kuchli) darajasida edi. 12-noyabr kuni sodir bo‘lgan magnit bo‘roni G5 ning deyarli ekstremal darajasiga yetdi. O‘n yillik kesimida amaldagi rekord 2024-yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda deyarli har to‘rtinchi magnit bo‘roni kuchli va undan yuqori darajada bo‘lgan.