14-noyabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati kunduzi 15-23°, janubda 23° gacha, shimoli-g‘arbda 21° gacha bo‘ladi. Shamol asosan sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 17-19° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda kunduzi 10-15° iliq, yog‘ingarchilik kutilmaydi.