14-noyabr va yaqin dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda matbuot xizmati xabar bermoqda.

Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi. Bu noyabr oyining o‘rtalari uchun me’yoriy (o‘rtacha ko‘p yillik) qiymatlardan 3-5 darajaga yuqori. Shamol sharqdan kuchsizdan o‘rtachagacha esadi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.