2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida 274 mingta bitim tuzildi, faollik ijobiy darajada saqlanib qolmoqda. Bu haqda Markaziy bank sharhida aytiladi.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bitimlar soni 11 foizga oshgan.
Ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar o‘sishi qayd etildi — milliy valyutada 1,7 foizga va dollarda 5 foizga. Dollar ko‘rinishidagi o‘sish o‘zbek so‘mi kursining mustahkamlanishi bilan izohlandi.