Oktyabr oyi boshiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 069 116 kishini tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Eng kam fuqaro esa G‘ozg‘on shahrida (Navoiy viloyati) yashaydi — 9 429 nafar. Keyingi o‘rinlarda Tomdi tumani (Navoiy viloyati) va Shirin shahri (Sirdaryo viloyati) — mos ravishda 15 199 va 19 421 ta.
Quyida qolgan ro‘yxat keltirilgan:
- Qorovulbozor tumani (Buxoro viloyati) — 20 608 ta;
- Bo‘zatov tumani (Qoraqalpog‘iston) — 21 810 ta;
- Yangiobod tumani (Jizzax viloyati) — 30 449 ta;
- Mo‘ynoq tumani (Qoraqalpog‘iston) — 34 065 ta;
- Konimex tumani (Navoiy viloyati) — 36 922 ta;
- Taxtako‘pir tumani (Qoraqalpog‘iston) — 38 871 ta;
- Uchquduq tumani (Navoiy viloyati) — 39 937.