Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirilmoqda. Bu haqda poytaxt transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

15-noyabrdan boshlab 194-sonli yangi avtobus yo‘nalishi (Toshkent, Janubiy vokzal — Toshkent viloyati, Niyozboshi mahallasi) ish boshlaydi.

Yo‘nalishga Mercedes-Benz LF avtobuslari xizmat ko‘rsatadi. Harakat vaqti:

  • ish kunlari: 05:30 — 23:10 (11 ta avtobus);
  • shanba kuni: 05:30 — 22:25 (10 ta avtobus);
  • yakshanba kuni: 06:07 — 22:02 (9 ta avtobus).