15-iyul kuni Surxondaryo viloyatida 70 yoshli jarima maydonchasi qo‘riqchisi fohishaxona tashkil qilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa soat 17:00 da Bandixon tumanida sodir bo‘lgan. Jarima maydonchasi qo‘riqchisi oldiga ikki nafar fuqaro kelib, ishqiy munosabatda ekanliklarini ma’lum qilishgan. Ular 200 ming so‘m evaziga jinsiy aloqa uchun joy tashkil etishni so‘rashdi.
Erkak rozi bo‘lib, fuqarolarga tashqaridan qulflangan xonani ajratib berdi. Ayblanuvchi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. U Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi (Qo‘shmachilik yoki fohishaxona saqlash) bilan aybdor deb topildi. Erkak bir yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.