Shavkat Mirziyoyev “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyilini joriy etishni nazarda tutuvchi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

2026-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi tartibi joriy etiladi. Bir vaqtning o‘zida quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  • elektron raqamli imzo kalitini berish;
  • bank hisobvaraqlarini ochish va ularni faollashtirish uchun ariza berish;
  • faoliyatning ayrim turlari bo‘yicha litsenziya yoki ruxsatnoma olish uchun ariza yoki bildirishnoma berish;
  • ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasini rasmiylashtirish;
    QQS to‘lovchisi guvohnomasini rasmiylashtirish;
    nazorat-kassa apparatini sotib olish va uni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga qo‘yish.

Tadbirkorlar har bir xizmatdan ixtiyoriy ravishda foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Tanlangan xizmatlar uchun yagona QR-kod orqali to‘lash mumkin bo‘ladi.

Kelgusi yil boshidan yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxslar bilan teng ravishda firma nomidan foydalanishlari mumkin.