18-noyabr kuni Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlarining xatti-harakatlarini tekshirish boshlanganini ma’lum qildi.
Bir kun avval bir nechta yirik operatorlar 1-dekabrdan tariflar narxini oshirishini e’lon qildi, bu esa mijozlarda salbiy munosabat uyg‘otdi.
Tanqidlarning aksariyati narxlarning oshishi faktiga emas, balki hatto tariflarning hozirgi narxi ham aloqa va internet sifatining yomonligi bilan oqlanmayotganiga asoslanadi.
Qo‘mita operatorlarning harakatlarini kartel kelishuviga — foydani oshirish uchun narxlarni kelishilgan holda bir vaqtning o‘zida oshirishga tekshiradi.
Hozirgi vaqtda aloqa operatorlari xarajatlarining xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va qamrov doirasini kengaytirishga ta’siri to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra, operatorlarning raqobatga zid xatti-harakatlari, xususan, kelishilgan xatti-harakatlar alomatlari aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda surishtiruv o‘tkaziladi va ushbu holatlar tasdiqlangan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq qat’iy choralar ko‘riladi, — deyiladi xabarda.