17-noyabr kuni Toshkentda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Afg‘onistonning DABS kompaniyasi bosh direktori Abdul Bori Umar boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Tadbirda O‘zbekiston energetika kompaniyalari rahbariyati va mutasaddilari ham ishtirok etdi. Tomonlar energetika sohasida yirik loyihalarni amalga oshirish, jumladan, elektr tarmoqlari va podstansiyalarni modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar yakunida 2026-yilda O‘zbekiston elektr energiyasini Islom Amirliklariga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati Afg‘onistonni energetik qo‘llab-quvvatlash prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotganini ta’kidladi.