Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini ko‘rishni rejalashtirgan chet ellik sayyohlar uchun Amerika vizasini olishda imtiyozli navbat joriy etilgani haqida bayonot berdi.
Sotib olingan chiptalarga ega bo‘lgan muxlislar ariza topshirgan vaqtdan boshlab 6-8 hafta davomida FIFA Pass doirasida suhbat o‘tkazish vaqtidan faqat ustunlikka ega bo‘ladi. Avtomatik ravishda turistik viza berilmaydi, sotib olingan chipta AQShga kirishni kafolatlamaydi, viza tartiblarining o‘zi soddalashtirilmaydi.
Biz xuddi boshqalar kabi tekshiruv o‘tkazamiz. Yagona farq — biz ularni navbatda yuqoriga ko‘taramiz, — dedi davlat kotibi Mark Rubio.
2026-yilgi erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati Shimoliy Amerika — Meksika va Kanadada birgalikda o‘tkaziladi, o‘yinlarning aksariyati Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tadi va 10 millionga yaqin muxlislar kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Rossiya va Qatarda bo‘lib o‘tgan so‘nggi ikki jahon chempionatida o‘yin chiptasi muxlis guvohnomasini bergan, undan mezbon mamlakatga kirish vizasi sifatida foydalanish mumkin edi.