Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarni imzoladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi de-yure tugatildi, uning o‘rniga ikkita mustaqil organ — Turizm qo‘mitasi va Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etildi. Xodimlar shtati saqlanib qoladi.
Ekologiya vazirligining sobiq rahbari Aziz Abduhakimov Ekologiya qo‘mitasi rahbari, shuningdek, prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Ekologiya qo‘mitasi qulay ekologik vaziyatni barqaror saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va cho‘llanishga qarshi kurashish sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshiruvchi mustaqil organga aylanadi.
Yana bir yangilik — Ekologiya politsiyasining tashkil etilishi bo‘lib, organ yangi Ekologiya qo‘mitasi huzurida faoliyat yuritadi va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasidan yig‘iladi, shuningdek, Ekopolisiya prokuraturaning tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlarining bir qismini oladi.
Ekopolitsiya tumanlar va viloyatlarning ma’muriy chegaralaridan tashqarida hududiy bo‘linmalar, masalan, ixtisoslashtirilgan tog‘ bo‘linmalarini tuzishi mumkin bo‘ladi.
Ekopolitsiya xodimlariga jismoniy kuch ishlatish, shuningdek, to‘rlar, elektroshokerlar va rezina o‘qli qurollar qo‘llash huquqi beriladi, forma bodi-kameralar bilan jihozlanadi.
1-martga qadar barcha yirik va o‘ta xavfli korxonalar (ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalari) havo sifati va chiqindilar monitoringi stansiyalarini o‘rnatishlari va keyinchalik ma’lumotlarni Ekologiya qo‘mitasiga onlayn tarzda yuborishlari kerak, agar tashkilot shaffof monitoringni yo‘lga qo‘ymasa, kompensatsiya to‘lovlarini 5 baravar oshirish ko‘zda tutilgan.