O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari diplomlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida kelishuvga erishdi.

Bitim davlatlar hukumatlari va parlamentlari tomonidan ma’qullanishi va ratifikatsiya qilinishi kerak. Qozog‘iston hukumati 12-noyabr kuni allaqachon hujjatni ma’qullagan.

Tomonlar o‘z oliy ta’lim tizimlarida sifat kafolatini ta’minlash maqsadida tomonlar davlatlarida olingan oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni, agar ushbu hujjatlar bilan tasdiqlangan malaka oliy ta’lim tizimiga qo‘yiladigan umumiy talablarga muvofiq bo‘lsa, tan oladi.

Hujjatni tan olishni rad etishga oliy ta’lim tizimiga qo‘yiladigan talablar o‘rtasida jiddiy farqlar mavjudligi isbotlangan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.

Bitim professional faoliyatni amalga oshirish, stajirovka o‘tash va ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.