Lyublyana shahrida O‘zbekiston bilan Sloveniya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya ishida Sloveniya bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va Yevropa ishlari vaziri Tanya Fayon, O‘zbekiston tomonidan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ishtirok etdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-logistika infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, suv resurslarini boshqarish, farmatsevtika, ta’lim, turizm va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Sloveniya Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida asalarichilikni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, barqaror qishloq xo‘jaligi tizimlarini joriy etish, urug‘chilik va chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni birgalikda rivojlantirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha harakatlar rejasi va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bayon qilingan bayonnoma ham imzolandi.

Avvalroq O‘zbekiston qo‘shni Slovakiya bilan mehnat migratsiyasini rivojlantirish va viza tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgandi.