Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.
Yangi idoraga Sherzod Kudbiyev rahbarlik qiladi, shu munosabat bilan u Soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
Prezident Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan va yangi ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod etilgan Farrux Po‘latovni DSQning yangi rahbari etib tayinladi.

Kadastr agentligi rahbari lavozimi hozircha vakant bo‘lib turibdi.
O‘zgartirishlar arafasida Soliq qo‘mitasi “yaxshilik aksiyasi”ni e’lon qildi, unda soliq xodimlari oilasidan bo‘lgan 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar Davlat soliq qo‘mitasi rahbariga o‘z istaklari bilan maktub yo‘llashi, yil davomida erishgan muvaffaqiyatlari va yutuqlari haqida so‘zlab berishi, shuningdek sovg‘a so‘rashi mumkin edi.