21-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Shahzod Rismatov ishi bo‘yicha ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Erkak o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda aybdor deb topildi, sud uni umumiy rejimdagi koloniyada 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Sud qaroriga ko‘ra, Shahzod Rismatov avtomobil va telefon sotish firibgarligi doirasida uch nafar jabrlanuvchiga 3,4 mlrd, 925,7 mln va 464,6 mln so‘mdan yetkazilgan zararni qoplashi kerak.
Shahzod Rismatov firibgarlik yo‘li bilan olib qo‘yib, bloger Sanjar Karimovga sotgan Olimboyevlar oilasining kvartirasi bilan bog‘liq holat yuzasidan sud uyni sotish shartnomasini haqiqiy emas deb topish talabi bilan fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqini tushuntirdi.
Shuningdek, sud boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal qilish uchun Rismatovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga oid materiallarni Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasiga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Avvalroq Shahzod Rismatov kelinining oilasi ishonchiga kirib, qarzlardan qutulishi uchun uyni garovga qo‘yishga ko‘ndirgan va hammasini to‘lashga va’da bergan edi. “Garov” o‘rniga oldi-sotdi shartnomasi bo‘lib chiqdi, uyni bloger Sanjar Karimov sotib oldi. Shahzod Rismatov mamlakatdan Dubayga qochishga muvaffaq bo‘lgan, u yerda O‘zbekiston tomoni so‘roviga ko‘ra mahalliy politsiyachilar tomonidan qo‘lga olingan.