20-noyabr kuni Soliq qo‘mitasida Sherzod Kudbiyevning yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat xizmatchisi 2020-yil 13-maydan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi. Marosim ishtirokchilari islohotlar dasturini amalga oshirgan Sherzod Qudbiyevning ko‘p yillik muvaffaqiyatli mehnatini e’tirof etdi.
Uning rahbarligida soliq tizimi raqamlashtirish, ochiqlik va shaffoflik tomon burildi. O‘zbekistonliklar raqamli va mobil xizmatlardan keng foydalana boshladilar, eng yorqin misollardan biri — Soliq ilovasi va keshbek.
Byudjet daromadlarini barqaror oshirish, qonuniy tadbirkorlikni rag‘batlantirish va soliq intizomini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida so‘nggi yillarda prognoz ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan bajarilmoqda.
DSQ jamoasi Sherzod Kudbiyevga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident uni yangi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi rahbari etib tayinlagandi.