Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga 15,8 mlrd dollar miqdorida pul o‘tkazmalari kelib tushgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25 foizga ko‘pdir.

Pul o‘tkazmalarining o‘sishi ichki bozorda xorijiy valyuta taklifini oshirdi — hajm 7,8 milliard dollarga ko‘paydi, bu 2024-yilga nisbatan 1,4 barobar ko‘pdir.

Ushbu davrda aholi tomonidan tijorat banklariga 17,4 mlrd dollar sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘pdir. Shu bilan birga, jismoniy shaxslar 9,6 milliard dollar sotib olib, valyuta xaridini o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga oshirdi.

O‘zbekistondan xorijga yuborilgan pul mablag‘lari hajmi 2,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2024-yilga nisbatan 147 million dollarga kam.