“Tolibon” harakati Afg‘onistonning shimoliy chegarasidagi bir necha tog‘li hududlarda Pokiston harbiylarining pozitsiyalariga zarbalar berganini tasdiqladi, deb yozadi BBC.
Toliblarning ta’kidlashicha, hujumlar Pokiston Afg‘oniston havo hududini buzib o‘tgani va uning hududidagi bozorni bombardimon qilganidan keyin “javob operatsiyasi” bo‘lgan.
Pokiston ichki ishlar vaziri Muhsin Naqvi, o‘z navbatida, otishmalarni “provokatsiyadan tashqari” deb atadi va toliblarni tinch aholini o‘qqa tutishda aybladi. Uning ta’kidlashicha, Pokiston kuchlari Afg‘oniston tomonidan berilayotgan zarbalarga javob tayyorlamoqda.
Islomobod so‘nggi yillarda Afg‘oniston hukumatini Pokiston hududida hujumlar uyushtirayotgan jangarilarni yashirishda ayblab keladi. “Tolibon” bu bayonotlarni rad etmoqda.
Qayd etilishicha, avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga mojaroda yordam berib, Rossiya, Xitoy va Hindistonga afg‘on meva-sabzavotlarini eksport qilish uchun havo yo‘lagini ochgan.