Toshkent shahrida yil yakuniga qadar 347 ta avtomatlashtirilgan havo monitoringi stansiyalari o‘rnatiladi. Shu bilan birga, Ekologiya qo‘mitasi Air Monitoring Uzbekistan yagona platformasini ishga tushiradi.
Hujjatga ko‘ra, 2025-yil oxirigacha fon monitoringi uskunalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotib olinadi. Amaldagi Air Monitoring Tashkent platformasi, shuningdek, poytaxt hokimligiga tegishli 10 ta avtomatik stansiya Ekologiya qo‘mitasi boshqaruviga o‘tkaziladi.
Gidrometeorologiya agentligining barcha yangi postlari, stansiyalari, jumladan, “Zamin” jamg‘armasi ko‘magida o‘rnatilgan 23 ta avtomatik stansiya yagona monitoring tizimiga integratsiya qilinadi.
Ifloslanish manbalarini, xususan, PM2.5 zarralarini aniqlash uchun Ekologiya qo‘mitasi huzurida ixtisoslashtirilgan laboratoriya tashkil etiladi. U havo tarkibini chuqur tahlil qilish uchun asboblar bilan jihozlanadi, jumladan:
- termik-optik analizator;
- Namuna olish uchun 5 mingta kvars filtrlari;
- chiqindilar monitoringi avtomatik stansiyalari;
- avtomatik kuzatuv postlari;
- chang-gaz tozalash uskunalari;
- mahalliy tozalash inshootlari;
- maishiy havo tozalagichlar.
Monitoring va laboratoriya uchun xarid qilinadigan barcha uskunalar olib kirishda bojxona bojidan ozod qilinadi.