O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun tovarlarni bojsiz olib kirish normalarini yangilash rejalashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni tegishli farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan hujjat qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish va ma’muriy yukni kamaytirishga qaratilgan. “Tartibga solish gilotinasi” doirasida 800 ga yaqin eskirgan normativ-huquqiy hujjatlar bekor qilinmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik va turdosh sohalarda tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Biznes uchun yangi yengilliklar ko‘zda tutilgan — xususan, E-aktiv tizimida barcha moliyaviy operatsiyalarni majburiy aks ettirishni bekor qilish taklif etilmoqda. Shuningdek, mol-mulkka bo‘lgan garov huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati uchun to‘lovlarni ikki baravarga kamaytirish rejalashtirilmoqda.
O‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, yerga bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida rasmiylashtira olmagan nogironligi bo‘lgan fuqarolarga soliq imtiyozlaridan muqobil hujjatlar asosida foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi bojsiz olib kirishning yangilangan normalarini tasdiqladi: 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar xalqaro kuryerlik jo‘natmalarida oyiga 200 dollargacha bo‘lgan tovarlarni bojsiz olishlari mumkin (ilgari — choraklik 1000 dollar). Pochta jo‘natmalari uchun avvalgi limit — $100 amal qiladi.