1–3-dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 3-dekabrga kelib kunduz kunlari havo 12–15 daraja iliqqacha isiydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

4–5-dekabrda respublika hududiga nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda. Mamlakatning shimoliy hududlaridan tashqari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Havo harorati 6-11 daraja iliqqacha pasayadi. 1-5-dekabrda kechasi havo harorati 3° sovuq-2° iliq atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan kuchsizdan o‘rtachagacha esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Toshkentda 1–3-dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4–5-dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, asosan kuchsiz bo‘ladi. Harorat kechasi asosan 5 daraja iliq, kunduzi 1–3-dekabrda 13–15 daraja iliqqacha, 4–5 dekabrda 8–11 daraja iliqqacha ko‘tariladi.