Rossiyalik tennischi Kamilla Rahimova xalqaro turnirlarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi.
Kamilla Rahimova 24 yoshda, dekabr oyi boshidagi holatga ko‘ra, u WTA yakkalik reytingida 112-o‘rinni egallab turibdi. So‘nggi yillarda Rahimova jahon turining eng barqaror va professional jihatdan o‘sib borayotgan tennischilaridan biriga aylandi. Sportchining martaba yutuqlari:
yakkalik reytingi: dunyoda 60-o‘rin (2024-yil 30-dekabr);
- juftlikda top-reyting: dunyoda 51-o‘rin (2025-yil 25-avgust);
- uchta WTA juftlik chempionligi;
- WTA 125 yakkalik chempionligi, shuningdek, juftlik g‘alabalari.
“Katta dubulg‘a” turnirlaridagi eng yaxshi natijalar (yakkalik bahslar):
- US Open: 3-raund (2021);
- Roland Garros: 3-raund (2023);
- Wimbledon: 3-raund (2025), jumladan, jahonning 5-raqamli tennischisi Jasmin Paolini ustidan g‘alaba qozondi.
“Katta dubulg‘a” turnirlarining eng yaxshi natijalari (juftlik bahslari):
- Australian Open: chorak final (2025);
- Roland Garros: 3-raund (2025);
- Wimbledon: 2-raund (2024, 2025).
Joriy mavsumda Kamilla Rahimova yuqori natijalar dinamikasini saqlab qolmoqda, uning so‘nggi yutuqlari orasida Cincinnati WTA 1000 musobaqasida juftlik bahslarida chorak final (2025-yil avgust) bor.