O‘zgidromet 2025-yil dekabr oyi qanday bo‘lishi va qaysi kunlarda yog‘ingarchilik kutilayotganini ma’lum qildi.

1-3 dekabr kunlari qish boshlanishi uchun mo‘tadil iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 12-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

4-5 dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzgi harorat 3-6° ga pasayadi. 6-7 dekabrda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat 12-15° iliq bo‘ladi.

Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. O‘rtacha dekabr oyi harorat rejimi bo‘yicha iqlimiy me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar oyning alohida kunlarida (2-4 kun) bo‘ladi.