Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident yo‘l-transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi.