2-dekabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushadi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar bermoqda.
Havo harorati kunduzi 5-18° iliq, janubda 18° iliqqacha, shimoli-g‘arbda 10° iliqqacha bo‘ladi. Shamol asosan sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 13-15° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda kunduzi 5-10° iliq, yog‘ingarchilik kutilmaydi.