Ispaniya, Fransiya va Angliya 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun asosiy da’vogarlar bo‘lib qolmoqda. Opta statistika platformasining superkompyuteri tegishli xulosaga keldi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, ispanlarning imkoniyati 17 foiz, fransuzlarniki 14,1 foiz, inglizlarniki 11,8 foiz. Amaldagi jahon chempioni argentinaliklar chempionlik unvonini 8,7 foiz ehtimol bilan himoya qiladi. Shu bilan birga, mundialga ilk bor yo‘llanma olgan O‘zbekiston terma jamoasining g‘alaba qozonish imkoniyati 0,2 foizga baholanmoqda.

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi 5-dekabr kuni Vashingtondagi Kennedi nomidagi San’at markazida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston uchinchi savatchadan joy oldi.