2-dekabr kuni Toshkentning Yangihayot tumanida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda.
Shu sababli soat 10:00 dan 18:00 gacha Chortoq mahallasi aholisi gazsiz qoldirildi. Yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchi uzr so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrini qish mavsumida issiqlik, gaz, elektr energiyasi va suv bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha kecha-yu kunduz ishlaydigan ishchi guruh tuzilgandi.