2-dekabr kuni Guliston shahridagi Taraqqiyot mahallasi hududidagi kafeda gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea soat 10:49 da sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan.