Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ismoilov Islombek Murodbek o‘g‘li “Neftchi” PFK bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

U bu lavozimda 2022-yilning 2-iyulidan buyon Farg‘ona klubini boshqarib kelayotgan Vitaliy Levchenkoning o‘rnini egalladi.

O‘zbekiston Superligasining amaldagi chempioni sifatida “Neftchi” jamoasi oldiga asosiy vazifalar qo‘yiladi:

  • kelgusi mavsumda chempionlik maqomini saqlab qolish va mustahkamlash;
  • Osiyo Chempionlar ligasining elita bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish;
  • klubning raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash.