O‘zbekiston Markaziy banki oktyabr oyida oltin sotib olish bo‘yicha yetakchilardan biriga aylandi. Bu haqda World Gold Council ma’lumotlarida keltirilgan.
Eng faol xaridorlar Polsha, Braziliya (16 tonnadan) va O‘zbekiston (9 tonna) bo‘ldi. Indoneziya, Turkiya, Chexiya, Qirg‘iziston, Gana, Xitoy, Qozog‘iston va Filippin oltin zaxiralarini 1-4 tonnaga oshirdi.
Rossiya markaziy banki 3 tonna oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi.