Transport vazirligi 2025-yil boshidan buyon Toshkentda qancha chiptasiz odam qo‘lga olingani haqida ma’lumot berdi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash maqsadida kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. 2026-yilning 11 oyi davomida 19,5 mingdan ortiq yo‘l haqi to‘lanmagan holatlar aniqlangan.

Yo‘lovchining jamoat transportida chiptasiz yurishi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi bilan jazolanadi. BHMning 1/10 qismi miqdorida jarima ko‘zda tutilgan.