Toshkentda avtomobil dahshatli yo‘l-transport hodisasidan so‘ng ikkiga bo‘linib ketdi. YHXX holat yuzasidan izoh berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 3-dekabr kuni soat 10:25 da Olmazor tumani Halqa yo‘li ko‘chasi 20/3-uy qarshisida sodir bo‘lgan.
Hongi va BYD avtomobillari to‘qnashib ketdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining ma’lum qilishicha, ikkala haydovchiga ham birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Voqea joyida IIBB, YPX va FVV xodimlari ishlamoqda. Baxtsiz hodisa tafsilotlari tekshirilmoqda.