Toshkentning Mirobod tumanida Chery rusumli avtomobil haydovchisi tartibga solingan piyodalar o‘tish joyida qizni urib yubordi va voqea joyidan yashirindi. YHXBB holat yuzasidan izoh berdi.

Hodisa 3-dekabr kuni soat 11:20 atrofida Yangi zamon — Eski Sarako‘l ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil yo‘lni kesib o‘tayotgan qizni urib yuborgani aytilmoqda.

Unga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchida ko‘plab sinishlar bor. Shahar YHXB xabariga ko‘ra, hozirda haydovchi qidirilmoqda.